Xorazmdagi bog‘chada vafot etgan 5 yashar bola haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi bog‘chada 5 yashar tarbiyalanuvchi vafot etgani haqida xabar bergan edik. Viloyat prokuraturasi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bola bog‘chada emas, shifoxonaga olib borilganda vafot etgan.

Prokuraturaning aniqlanishicha, Xonqa tumani, “Toma” mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2-katta guruh tarbiyalanuvchisi 2017 yil 30 iyunda tug‘ilgan Sh.O‘. kecha, 3 avgust kuni bog‘chada tushlikdan keyin soat 12:20 larda o‘zini yomon his qila boshlaganini payqagan tarbiyachi A.Ro‘zmetova muassasa hamshirasi A.Jumaboyevani chaqirgan.

Hamshira tomonidan Sh.O‘.ga birinchi yordam ko‘rsatilgan va bu haqda tez tibbiy yordam hamda bolaning ota-onasiga xabar berilgan.

Sh.O‘. tez tibbiy yordam mashinasida Xonqa tibbiyot birlashmasiga olib borilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Marhum Sh.O‘.ning ota-onasi A.Qalandarov va M.Ortiqbayevaga ko‘ra, Sh.O‘.ning tutqanog‘i tutib turgan. Biroq, bu haqda maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini ogohlantirishmagan, shuningdek bola epilepsiya yoki boshqa kasallik bilan tibbiyot birlashmasida hisobda turmagan.

Mazkur holat yuzasidan Xonqa tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Qayd etish kerakki, bu bog‘chada bolalar o‘limi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Joriy yilning 21 aprelida Andijondagi bog‘chaning 4 yoshli tarbiyalanuvchisi, 28 iyul kuni Shahrisabz shahridagi bog‘chada 8 yashar, 1 avgust kuni Namanganda 5 yashar bola vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm

Baholaganlar

943

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing