Xorazmda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan 11 erkakdan 3 nafari hibsga olingani aytilmoqda
3-sahifa
−
06 aprel 2023
19087Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 2022 yil avgust oyida 11 erkak 2006 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda bloger Nikita Makarenko joriy yilning 1 aprel kuni ijimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Aftidan pedofillar tarmog‘ini fosh etish uchun Toshkentdan Xorazmga maxsus guruhni yuborish kerak, shekilli. Obunachilarimdan birining yozishicha, mahalliy Ichki ishlar boshqarmasi bilan aloqador odamlar uning jiyanini zo‘rlagan. U o‘z ismi sharifini oshkor qilishni xohlamadi, lekin telefon raqamlarini Toshkent shahridagi huquq-tartibot idoralariga yetkazishga ruxsat berdi”, deb yozgan Makarenko.
Joriy yilning 4 aprel kuni bloger 11 kishidan 3 kishi hibsga olingani, bunda bolalar ombudsmani Aliya Yunusovaning hissasi borligini aytgan.
“Bolalar ombudsmani Aliya Yunusovaga rahmat. U butun respublika bo‘ylab ushbu postga javob qaytargan va Xorazm viloyatidagi zo‘rlashlar qurboni bo‘lgan voyaga etmaganni himoya qilishni istagan yagona shaxsdir. Qolganlarning hammasi jim qoldi. U Urganchga jo‘nab ketdi va jabrlanuvchining xolasi aytganidek, bugun qizni zo‘rlaganlarning 11 nafaridan uch nafari hibsga olingan”, deydi Makarenko.
Qizning xolasiga ko‘ra, mazkur hodisaga qariyb 8 oydan beri hech kim e’tibor bermagan.
“O‘zbekistonda boshqaruv faqat qo‘l uchida ishlaydi. 11 nafar pedofilga nisbatan ish qo‘zg‘atish uchun esa, avvalo, ushbu hodisa oshkora bo‘lishi, shaxsan kimdir e’tiborini qaratishi va bu bilan shaxsan shug‘ullanishi kerak. Bu normal holatmi? Yo‘q. Bu falokat?”, deb yozgan Makarenko.
Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Oybek Masharipov Urganch shahridagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi rahbari Yu.X. bilan til biriktirib, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan muntazam ravishda jinsiy aloqa qilib kelgani, bu uchun o‘ziga berilgan xizmat uyidan foydalangani aniqlangan edi.
1979 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Oybek Masharipov (Aybek Masharipov) va 1984 yilda Yangiariq tumanida tug‘ilgan, Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan A.Q. (Anvar Quryazov) Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi va Jinoyat kodeksining eski tahrirdagi 128-1-moddasi (o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 1 yilu 6 oydan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi