Xorazmda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 30 oktyabr kuni QALAMPIR.UZ’ga Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida o‘qituvchi o‘quvchi bolani kaltaklayotgani aks etgan video yuborildi. 

Videoda o‘qituvchi bolani doskaga chiqarib urgani va siltab yiqitganini ko‘rish mumkin. 

“Sen kimsan? O‘yinchoqmanmi men senga? Kichkina holingga sakraysan menga. Yerni tagidan olasanmi, osmondan olasanmi ertaga shu yerda daftar bilan bo‘l. Tushundingmi? Bo‘lmasa qorangni ko‘rmay bu maktabda”, degan o‘qituvchi videoda.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, mazkur holat boshqarma ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan va bu kecha, 30 oktyabr kuni sodir bo‘lgani aniqlangan.

“Tarix fani o‘qituvchisi Q.H.  9-sinf o‘quvchisi  M.B.ni qayta-qayta ogohlantirishiga qaramasdan dars mashg‘ulotiga tayyorgarliksiz kelgani uchun uni kaltaklagan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, bugungi kunda ushbu xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning xohishiga ko‘ra bekor qilingan. Shuningdek, Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Surxondaryo viloyati o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklab, tishini sindirgandi. Mart oyida esa Toshkent shahridagi maktablarning birida ham shunday holat sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Xorazm o'qituvchi Bog'ot uquvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing