Xorazmda o‘qituvchi dars paytida 2 o‘quvchini kaltakladi (video)
Jamiyat
−
24 may
9387Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda maktab o‘qituvchisi 2 nafar o‘quvchini dars xonasida kaltaklagani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 23 may kuni Tuproqqal’a tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 6-sinf o‘quvchilariga geografiya fani dars mashg‘uloti o‘tkazilayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Videoda o‘qituvchi dars davomida o‘zaro gaplashib o‘tirgani uchun 2 nafar o‘quvchiga tanbeh bergani va ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni bel va yelka sohasiga mushtlab urgani tasvirlangan.
Shu voqeadan keyin o‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozgan va ishdan bo‘shatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda bog‘cha opa avval ikki bolani urishtirib, keyin o‘zi ham ularni kaltakladi.
LiveBarchasi