Xorazmda tabiatga 618 mln zarar yetkazgan fermer javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida 81 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Gurlan tumanida joylashgan "X.O." fermer xo‘jaligi boshlig‘i N.X. tomonidan 81 tup tabiiy holda o‘suvchi, biologik sog‘lom turong‘il daraxtlar kesib tashlagan. Ushbu holat ortidan tabiatga 618,1 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan "X.O." fermer xo‘jaligi rahbari N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan fuqarolar javobgarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha jarimaga tortilishi yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlariga jalb etilishi yoxud 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jo‘natilishi yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklanishi va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 16 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlangandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xorazm fermer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing