Kurs UZS

USD

12 937.16

23.97

EUR

13 937.20

28.4

RUB

154.55

0.38

Xorazmda ona o‘quvchilar oldida o‘qituvchini kaltakladi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida ayol o‘quvchilar oldida o‘qituvchini kaltakladi. Sud unga 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, ona farzandini urganlikda aylab, o‘qituvchini maktab sinfxonasida – o‘quvchilar ko‘z oldida kaltaklagan. Kecha, 11 fevral kuni ayolga nisbatan sud hukmi o‘qilgan. 

Unga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Ayolga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Sa’di Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida informatika fani o‘qituvchisi o‘quvchining yuz qismiga musht tushirib, uni kaltaklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm o'qituvchi o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing