Xorazmda oilaviy tadbirkorlik uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi

Jamiyat

image

Xorazmda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 940 milliard so‘mga qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu sessiyada Xorazmda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 940 milliard so‘mga qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltirilishi belgilangan. Shuningdek, yig‘ilishda yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilish orqali 57 ming, kasanachilikda salohiyati bor 240 ta mahallada mehnat qurollari va joy masalasini hal qilib, 50 ming, o‘zini-o‘zi band qilish orqali 28 ming aholi bandligini ta’minlash mumkinligi aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, ikkinchi muhim vazifa hududda oziq-ovqat mahsulotlari balansini ta’minlashdir. Shu maqsadda “Toshsoqa tizimidagi magistral sug‘orish kanalini tiklash” loyihasining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bog‘ot, Shovot va Yangibozor tumanlaridagi 2 ming gektarda uzum, olma va qovun plantatsiyalari, Gurlan va Bog‘otda agrologistika markazlari tashkil etiladi. Parrandachilik, chorvachilik, sutni qayta ishlash loyihalari amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xorazm oilaviy tadbirkorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing