Xorazmda maktab tomi qulab tushdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida maktab binosining tom qismi qulab tushgani haqida xabar va video tarqaldi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Qo‘shko‘pir tumani “Chamanzor” MFYda joylashgan mazkur bino oldingi tuman Politexnika va tadbirkorlik kasb-hunar kollejiga tegishli bo‘lib, 2019 yilda ushbu binoda 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashkil qilingan.

Maktab 540 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda maktabda 318 nafar o‘quvchi 0,6 koeffitsiyent bilan ta’lim olmoqda. 

Bundan tashqari mazkur maktab balansida 2007 yil qurilgan 100 o‘rinli yotoqxona binosi hamda 1977 yilda qurilgan amaliyot binosi (oldingi Avtobaza balansida bo‘lgan so‘ngra kollej balansiga o‘tkazilgan) hozirgi kunda foydalanilmasdan yopib qo‘yilgan yordamchi binolar mavjud. 

2022 yil 29 mart kuni soat 14:00 lar atrofida bugungi kunda foydalanilmasdan turgan yordamchi binoning tom qismidagi 1 ta dona PNS tom yopma plitasi yillar davomida chakka o‘tishi natijasida o‘pirilib tushgan. Shu kunning o‘zidayoq tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan Xorazm viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyaga  binoning texnik holatini o‘rganib berish yuzasidan  murojaat qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

246

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing