Xorazmda korxona 2,2 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irladi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch shahrida “T. Y.” MCHJga tegishli elektr qurilmalar hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 207 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tosh maydalash sexi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm elektr energiyasi O'zenergoinspeksiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing