Xorazmda kafe yonib ketdi
Jamiyat
−
22 iyun 2021
5658Xorazmda umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xazorasp tumani "Kamolot" MFYda joylashgan "Aka Sharif" MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shaxobchasining 3-qavati, mansarda qismida yong‘in chiqqan. Hodisa 20 iyun kuni sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida kafening 160 kvadrat metr maydonidagi tom bostirmasi va oshxona jihozlari yongan.
Yong‘in 17:36 da qamrab olinib, 18:23 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan kafening birinchi va ikkinchi qavatlari, taxminan 200 kvadrat metr joy saqlab qolingan.
Yong‘inning zarari va kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Surxondaryodagi YTHda haydovchi avtomobilga qo‘shilib yonib ketgani, Samarqandda yonma-yon uylar yongani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi