Xorazmlik erkak ichki ishlar xodimlari kaltaklaganini iddao qilmoqda. Prokuratura tekshiruv boshladi
3-sahifa
−
04 Sentabr 2020
9941Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati, Shovot tumani, “Arboblar” mahallasida yashovchi fuqaro R.Sh. va boshqalarning video murojaati tarqaldi. Unda fuqarolar joriy yilning 26 avgust kuni ichki ishlar organlari xodimlari tezkor tadbirda ularga nisbatan kuch ishlatilganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, viloyat IIB JQB, DXX Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shovot tumani, Chig‘atoyqal’a qishlog‘i, “Royat” mahallasida yashovchi fuqaro H.J. 25 avgust kuni soat 23:00 larda yashash uyida qimorxona tashkil qilib, fuqaro A.D. va boshqalar qimor o‘ynayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari tuman IIB tomonidan olib borilib, 2020 yil 28 avgust kuni H.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, fuqaro R.Sh. va boshqalar o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ichki ishlar xodimlari ularga nisbatan kuch ishlatgani va haqorat qilgani to‘g‘risida tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaat mualliflarining barchasidan tushuntirish xatlari olinib, fuqaro A.D., R.Sh., Y.O., E.U., A.M., H.J., B.Sh. va Ya.A. tan jarohat izlar bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
Shuningdek, ichki ishlar xodimlarining harakatlari yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasiga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat olingan holda tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
LiveBarchasi