Xorazmda bosqinchilik qilib, tergovdan yashirinib yurgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
13 avgust
4651Xorazm viloyatida bosqinchilik qilib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangiariq tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro H.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandida (bosqinchilik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, joriy yilning aprel oyidan buyon tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan.
U 13 avgust kuni Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida Urganch shahri hududida ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “Bonu” taxallusi bilan tanilgan Barno Farmonovna Inoyatova Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
LiveBarchasi