Qidiruvdagi “Bonu” Istanbulda qo‘lga olindi
3-sahifa
−
13 avgust
119080Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “Bonu” taxallusi bilan tanilgan Barno Farmonovna Inoyatova Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda qo‘lga olingan 37 yoshli Barno Inoyatova kecha, 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilingan.
“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Turkiyada yirik avtofiribgarlikda ayblangan Jahongir Hasanboyev ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
LiveBarchasi