Xorazmda ayol mehmonini o‘ldirib, hovlisiga ko‘mdi
3-sahifa
−
22 aprel
24906Joriy yilning 17 aprel kuni 38 yoshli ayol uyiga chaqirgan tanishi bilan janjallashib, uni o‘ldirdi. Bu haqda Xorazm viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Urganch shahrining "Hamjihatlik" mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 1975 yilda tug‘ilgan ayolni qo‘ng‘iroq orqali uyiga taklif qilgan. Mehmondorchilik davomida ular o‘rtasida pul oldi-berdisi bo‘yicha nizo kelib chiqqan. Oqibatda, mezbon ayol mehmonni ro‘mol bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan, marhumaning murdasini esa uyining hovlisiga chuqur kovlab, ko‘mib yuborgan.
Ayni vaqtda gumonlanuvchi qo‘lga olingan hamda hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Xorazmda erkak 7 yashar bolani bo‘g‘ib o‘ldirgandi.
LiveBarchasi