Xorazmda 214 mln so‘mlik yonilg‘i-moylash materiallari talon-toroj qilindi
3-sahifa
−
03 aprel
3192Xorazmda 214 mln so‘mlik yonilg‘i-moylash materiallarini o‘zlashtirgan operatorlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda "U.N." MCHJga qarashli fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchasi (FYOTSH) sobiq katta operatorlari A.A. va D.E. fermer xo‘jaliklariga sotish uchun ajratilgan jami 214 million so‘mlik yonilg‘i-moylash materiallarini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Xorazmda 3,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlangandi.
LiveBarchasi