Xorazmda 11 yoshli bolani devor bosib qoldi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Xiva shahrida 11 yoshli bolani devor bosib qoldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi. 

Aniqlanishicha, joriy yilning 29 may kuni Xiva shahar Gulshan-2 mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Sh.K. (2013 yil, o‘g‘il bola) M.M. ga tegishli bo‘lgan, qurilishi tugallanmagan bino tagida o‘ynab yurgan vaqti ushbu binoning bir tomon devori bolaning ustiga yiqilib ketgan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Hozirda Sh.K. tos suyagi sinishi tashxisi bilan tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.   

"Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib qolgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Xiva bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing