Xorazm va Buxoroda kuchli qo‘m bo‘ronlari kuzatildi

Jamiyat

image

Bugun, 14 aprel kuni Xorazm va Buxoro viloyatlarining qator hududlarida kuchli shamol va qo‘m bo‘ronlari kuzatildi. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulahadov xabar berdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xorazm viloyatining Urganch shahri va tumanlarida kuzatilgan noqulay ob-havo oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasida uzilishlar sodir bo‘lmoqda.

“Ayni vaqtda yuzaga kelgan elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan barcha tezkor chiqish brigadalari jalb qilingan, bunday holatda bizni to‘g‘ri tushunasiz degan umiddamiz. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun sizdan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahadovga ko‘ra, Xorazm viloyatining “Pitnak” geolokatsiya hududidagi havoning ifloslanish darajasi soat 03:00 da “sariq” darajani qayd etib, soat 01:00 da esa, inson salomatligi uchun “qizil” daraja xavfi mavjud bo‘lgan.

Shuningdek, ayni paytda Buxoro viloyatining Olot tumanida ham kuchli chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Ko‘rinish masofasi 500 metrdan qisqa bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13-14 aprel kunlari O‘zbekistonda jazirama issiq bo‘lishi va hududlarda kuchli shamol esib, chang-to‘zonlar ko‘tarilishi ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing