Buxoroda “gaşiş“ sotgan uç kişi 5 yildan ortiq muddatga qamaldi
3-sahifa
−
09:22 474 2 daqiqa
Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida köp miqdorda “gaşiş“ giyohvandlik moddasini sotgan uç nafar fuqaro 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Ğijduvon tumani Içki işlar organlari tezkor xodimlari tomonidan maxsus tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida gumonlanuvçilardan biri şartli xaridordan plastik karta orqali 1 million söm olgan. Şundan söng u kelişilgan “gaşiş“ moddasini restoran oldidagi avtoturargohda turgan avtomobil tagiga taşlab ketgan.
Jinoyatning boşqa iştirokçilari ham xuddi şu usuldan foydalangan. Ular giyohvandlik moddasi uçun pullarni plastik kartaga qabul qilib, moddalarni köçadagi simyoğoç ostiga yaşirib ketgan. Tezkor tadbir davomida uşbu şaxslar qölga olingan.
Ekspertiza xulosasiga köra, aşyoviy dalil sifatida olingan ötkir hidli, yopişqoq va mumsimon moddalar köp miqdordagi “gaşiş“ giyohvandlik moddasi ekani tasdiqlangan.
Mazkur holat yuzasidan ayblanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, ularga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Jinoyat işi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.
Jinoyat işlari böyiça Ğijduvon tuman sudi işni körib çiqib, uç nafar sudlanuvçini giyohvandlik vositalarini köp miqdorda qonunga xilof ravişda sotişda aybdor deb topgan. Sud hukmiga köra, ularga 5 yil 3 oydan 5 yil 6 oygaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatida qöşni respublikadan kontrabanda yöli bilan 55 kilogrammdan ortiq “gaşiş“ va “opiy olib ötmoqçi bölgan transmilliy jinoiy guruh a’zolari qölga olingandi.
Live
Barchasi