Xorazm koronavirusdan xoli hududga aylandi, hozircha

Jamiyat

image

Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatida jami 12 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 26 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

"Ayni soatlarda Xorazm viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 2 nafar, jami 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Xorazmda bugun tuzalgan 3 nafar fuqaro bilan viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan jami 233 nafar bemorning barchasi sog‘aydi.

Namanganda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Namangan shahri, Uychi va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, 5 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 75 yoshli onaxon bo‘lsa, yoshi kichiga 17 yoshda. Viloyatdan ani paytga qadar 240 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 247 nafarga yetib, davolanayotganlar 3 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu viloyat  ham koronavirusdan holi hudud bo‘lishga yaqin turibdi.

Shuningdek, Samarqandda tuzalganlar ham (30 yoshli va 24 yoshli erkak) ushbu viloyatdan bo‘lib, Toyloq va Samarqand tumanlaridan. Endilikda viloyatda sog‘ayganlar 249 nafarga yetib, davolanayotganlar 89 nafarni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun 29 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2636 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3281 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing