Xorazm hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati hokimiga turizm va sportni rivojlantirish masalalari va qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlandi.

Botir Ozodovich Saidov viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha  o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Botir Saidov 1975 yilning 13 avgustida Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 1997 yil Urganch Davlat universiteti, 2006 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – agrobiznes, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.

Botir Saidov bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Aktivlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash kompleksi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Komiljon Erkinovich Sobirov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Komiljon Sobirov Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-13 dekabr kunlari Xorazmga amalga oshirgan amaliy tashrifidan keyin viloyatdagi Bog‘ot, Xonqa tumanlari, Urganch va Xiva shaharlari hokimlari o‘zgargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm tayinlov

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing