Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi
3-sahifa
−
21 dekabr 2020
95054Taniqli xonanda Jasur Umirov hibsga olindi. Bu haqda Samarqand viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, xonanda J.U. voyaga yetmagan Sh.M.ni nomusiga tekkanligi holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha joriy yilning 9 oktyabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jasur Umirovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Voyaga yetmagan Sh.M. advokati M.Rustamova bilan birgalikda viloyat prokuraturasiga murojaat etib, J.U.ga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi tergov harakatlaridan noroziliklarini bayon etgan.
Murojaat Samarqand viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan o‘rganilib, ariza muallifi advokati M.Rustamova ishtirokida o‘zi rahbarligida viloyat prokuraturasi va IIB mas’ullari ishtirokida 2020 yil 18 dekabr kuni qabul qilinib, jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olinganligi va tez kunlarda qonuniy qaror qabul qilishi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, ishda to‘plangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, sudning bugun, 21 dekabrdagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan alohida nazoratga olindi.
LiveBarchasi