Xonanda Lola Gruziyada rus tilida gapirgani sabab qo‘pol muomalaga uchradi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zbekistonlik aktrisa Asal Shodiyeva bilan Gruziyaning Tbilisi shahrida dam olmoqda. Ushbu sayohat davomida shaharda joylashgan ZARA do‘konlaridan biriga kiyim xarid qilish uchun kirgan san’atkorlar rus tilida gapirgani uchun sotuvchilar tomonidan qo‘pol muomalaga uchradi. Bu haqda Lola Yo‘ldosheva o‘zining Instagram sahifasiga joylagan videosida gapirdi. 

“Salom, qizlar. Biz ZARA’dan chiqdik. Do‘konlarni aylandik va sizga shuni aytmoqchimanki, bu yerda rus tilida gapirayotgan vaqtingizda ehtiyotkorroq bo‘ling. Bu yerda rus tilini qabul qilishmas ekan. Biz buni bilgandik, inobatga olgandik. Men shaxsan ularning hissiyotlarini tushunaman. Ular shu mamlakatda yashaydi. Ularda bunday huquq bor. Biz qizlar bilan o‘zbek tili yoki rus tilida gapirishga harakat qilyapmiz. Lekin barchasi chegaradan chiqib ketyapti. Biz ZARA do‘koniga kirganimizda o‘zaro rus tilida gaplashayotganimizni sotuvchi eshitib qoldi. U men bilan gaplashishni istamadi, savollarimga javob qaytarmadi. Keyin men nimadir muammo bormi yoki o‘zingizni yomon his qilyapsizmi, deb so‘radim. U “ha, men kasalman” deb javob berdi. Men bilan juda qo‘pol gaplashdi. Men unga siz ishdasiz va biz yomon hech nima qilmadik, dedim. Men bu gaplarni ingliz tilida gapirdim. Ammo u menga qo‘pollik qilishda davom etdi. Oxirida esa u narsalarni stolga uloqtirib yubordi. Shundan so‘ng men o‘zimni juda yomon his qildim va konsultant bilan urishdim. Asal meni qo‘llab-quvvatlab turdi. 

Men bu bilan aytmoqchimanki, agar boshqa mamlakatga bormoqchi bo‘lsangiz, u yerning kichik jihatlarini ham inobatga oling. Biz qizlar bilan shunday qilyapmiz: yo ingliz, yo o‘zbek tilida gapiryapmiz”, degan xonanda videoda rus tilida gapirar ekan. 

Ma’lumot uchun, xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zbek san’atiga dastavval aktrisa sifatida “Sevinch” va “Kelgindi kuyov” filmlaridagi rollari orqali kirib kelgan. Qo‘shiqchilik faoliyatini Maya taxallusi bilan, asosan, rus tilida qo‘shiq kuylashdan boshlagan. U bugungi kunda ham o‘zbek va rus tillarida birdek ijod qiladi va kundalik hayotda ham ko‘proq rus tilida gapiradi. Lola san’atdagi faoliyatini to‘xtatib, ikkinchi bor turmush qurganidan keyin Moskvada istiqomat qilib kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning “The Killers” guruhi solisti Brendon Flauers  Gruziyaning Batumi shahridagi konsertida baraban chalish uchun rossiyalik muxlisni sahnaga taklif qilgani uchun gruziyaliklar konsertni yoppasiga tark etgan va keyinroq qo‘shiqchi buning uchun uzr so‘ragandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Lola Xonanda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing