Amerikalik qo‘shiqchi gruziyaliklardan uzr so‘radi

Madaniyat-san’at

image

Amerikaning “The Killers” guruhi solisti Brendon Flauers Gruziyaning Batumi shahridagi konsertida muxlislarning “rusofobiyasi” sabab kutilmagan vaziyatga duch keldi. U ijtimoiy tarmoq orqali muxlislaridan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.

Gap shundaki, Gruziyaning “Black Sea” arenasida bo‘lib o‘tgan konsert davomida solist “For Reasons Unknown” qo‘shig‘ini ijro etishdan avval, baraban chalish uchun rossiyalik muxlisni sahnaga taklif qilgan. Shundan so‘ng, kutilmaganda gruziyaliklar yoppasiga tadbirni tark eta boshlagan. 

“Biz bu davlatning odob-axloq qoidalarini bilmaymiz. To‘g‘ri, bu yigit rus, ammo u sizning ukangiz emasmi? Biz mamlakatlarimiz chegaralariga ko‘ra ajralib turamizmi? Men ham Amerikadan kelganman, unda men ham ukangiz emasmanmi?”, dedi Brendon muxlislariga qarata.

Keyinchalik esa qo‘shiqchi o‘zining X dagi sahifasida gruziyalik muhlislaridan uzr so‘radi.

“Gruziyaning yaxshi odamlari, biz hech kimni xafa qilmoqchi emasmiz! Bizda odamlarni nog‘ora chalishga taklif qilish an’anasi bor. Anglashilmovchilik uchun uzr so‘raymiz. Biz siz bilan birgamiz va tez orada qaytishga umid qilamiz”, deb yozdi Flauers.

Ma’lumot uchun, 2008 yil boshida Rossiya-Gruziya munosabatlarida jiddiy yomonlashuv kuzatildi. Gruziya-osetin mojarosi hududidagi vaziyat iyul oyining oxiri – avgust oyining boshida keskinlasha boshladi. 7 avgustdan 8 avgustga o‘tar kechasi Gruziya Janubiy Osetiya poytaxtini o‘qqa tutib, isyonkor mintaqa ustidan nazorat o‘rnatishni boshlaganida, oldingi keskinliklarning cho‘qqisiga aylangan keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuv boshlandi. 8 avgust kuni tushdan keyin Rossiya Prezidenti mojaro zonasiga qo‘shinlar kiritilishi boshlanganini e’lon qildi. 

Bir necha kun ichida rus qo‘shinlari Janubiy Osetiya qurolli tuzilmalari bilan birgalikda Gruziya qo‘shinlarini Janubiy Osetiyadan quvib chiqardilar.

Urush muhim geosiyosiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlarga olib keldi. Shunday qilib, 26 avgust kuni Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziyani mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi. 2 sentyabr kuni Gruziya Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Gruziyaning NATOga kirish jarayoni sekinlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika qo'shiqchi gruziyalik uzr so'radi rusofobiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing