Taniqli klipmeyker Jasur Shametov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
10 fevral
31322Taniqli xonandalarning kliplarini suratga olgan rejissyor va operator Jasur Shametov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, taniqli operator, rejissyor, klipmeyker Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi. Hozircha o‘lim sabablari ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, u “Zarb”, “Gunoh”, “Poyma-poy”, “Sadoqat”, “Qalbaki dunyo”, “Achchiq hayot”, “Qalbim o‘g‘risi” kabi bir qancha badiiy filmlarda operatorlik, “Mahallada nima gap” musiqiy-komedik filmida rejissyorlik, “MTV shou” dasturida prodyuserlik qilgan. Mahoratli operator bir qancha xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan.
Shuningdek, “Uchrashuv” badiiy filmining ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori. Aktyor sifatida “Suiqasd”, “Poyma-poy” filmlarida rollar ijro etgan.
Klipmeyker sifatida Rayhon, Lola, Shohruhxon, Munisa Rizayeva, “Afruz” guruhi va boshqa xonandalarning o‘nlab kliplarini tasvirga olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etgandi.
LiveBarchasi