Xonanda Farrux Hamroyev ham jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Xonanda Farrux Hamroyev shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xonanda farg‘onalik shoir Ismoiljon Babayevga tegishli “Ona yuring, hajga boramiz” nomli she’ridan muallifning ruxsatisiz foydalangan.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudiga yuborilgan.

Sudda xonanda qonunni buzgani aniqlanib, unga ayblangan moddasi bo‘yicha jarima jazosi tayinlangan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, muallif huquqbuzardan bazaviy hisoblashning 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilishga haqli hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq farg‘onalik shoir Ilhomjon Komilovning “Sevilmagan yor kerak menga” nomli she’ri Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda shartnoma tuzmasdan foydalanilgani aniqlangandi. Xonandaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasining 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Farrux Hamroev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing