Xonanda Dilfuza Ismoilova 80 ming dollarga chuv tushdi

3-sahifa

image

O‘zbekistonlik taniqli san’atkor Dilfuza Ismoilova o‘zi qatnashadigan “gap”da tanishgan ayolning gaplariga ishonib 80 ming dollarga chuv tushdi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida xabar qilindi.

Bildirilishicha, firibgarlik bilan bog‘liq mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida ko‘rilmoqda. Sudlanuvchi tomonidan san’atkordan tashqari yana bir necha fuqaro jabrlangan.

Dilfuza Ismoilovaning advokati Zebo Komilovaning aytishicha, mazkur ayol xonanda ishtirok etadigan “gap”ga qo‘shilib oladi va uning ishonchiga kiradi. “Gap”da Ismoilova ayollarga o‘zining tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytadi. Sudlanuvchi esa o‘zini sitrus mevalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishini, chetdan kelayotgan sitrus mevalarning har bitta furasidan 25-30 ming dollar foyda olayotganini aytib, xonandaning ishonchiga kiradi. Shundan so‘ng Dilfuza Ismoilova ham mazkur “biznes”ga pul tikkan va ayolning tuzog‘iga tushib qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi bundan oldin ham Jinoyat kodeksining aynan 168-moddasi, ya’ni firibgarlik jinoyati bilan bir necha marotaba sudlangan. Mazkur ish bilan bog‘liq sud jarayoni 3 aprel kuni davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida qiziqchi Shukurullo Isroilovning avtomobili olib qochilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan mashinani topish va egasiga qaytarish choralari ko‘rilgan. Olib qochilgan transport vositasi Uchtepa tumani Zargarlik ko‘chasida to‘xtatilgan. Gumonlanuvchi fuqaro va transport vositasi jinoiy qidiruv xodimlariga topshirilgan. Transport vositasini 1998 yilda tug‘ilgan shaxs ochiq qolganidan foydalanib, olib qochib ketgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Dilfuza Ismoilova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing