Xonanda Avazbek Olimov mualliflik huquqini buzganligi uchun sudga berildi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimov mualliflik huquqini buzganlikda ayblanmoqda. Joriy yilning 2 fevral kuni fuqaro Mahliyo Rahimjonovaning xonandadan tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudiga kelib tushgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, sud majlisi 14 martga tayinlangan bo‘lib, qo‘shiqchi kelmagani sababli 28 martga qoldirilgan. Biroq yana sud javobgarning kelmagani vajidan 8 aprelga ko‘chirilgan. Belgilangan kunda sud majlisida javobgar tarafidan ishonchli vakil – advokat ishtirok etib, ish hujjatlari bilan tanishish uchun yana bir marta sud ishini boshqa kunga qoldirishni so‘ragan.

Shundan so‘ng, raislik etuvchi tomonidan ishonchli vakil iltimosnomasi qanoatlantirilib, sud majlisi 23 aprelga qadar kechiktirilgan. Bugun, 23 aprel kuni ham kerakli hujjatlar talab qilib olinishi uchun sud yana 7 mayga qoldirilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Avazbek Olimov to‘yda navbat bergan boshlovchini yoniga chaqirib, ismini Avaz emas, Avazbek deb e’lon qilishlari kerakligini aytgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

QALAMPIR.UZ Avazbek Olimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing