Avazbek Olimov jarimaga tortildi
Madaniyat-san’at
−
28 may
39856Avvalroq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimov mualliflik huquqini buzganlikda ayblangani xabar qilingandi. U sud qaroriga ko‘ra, 170 mln so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar qilindi.
Gap shundaki, xonanda Avazbek Olimov “Go‘zal yorim” she’rini shoiraning ruxsatisiz yillar davomida “Sevar yorim” nomi ostida o‘zgartirib kuylab kelgan. Shundan so‘ng, shoira Mahliyo Ahrorova mualliflik huquqlari buzilgani uchun 200 mln so‘m ma’naviy zarar hamda 340 mln so‘m tovon puli talab qilib, sudga shikoyat kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan yakuniy qaror fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Avazbek Olimovdan shoiraga 150 mln so‘m tovon puli, 20 mln so‘m ma’naviy zarar, 6 680 000 so‘m davlat boji uchun to‘lov va 34 ming so‘m pochta xarajatlari undirish belgilandi.
Shuningdek, xonandaga “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ijro etmaslik majburiyati yuklandi.
LiveBarchasi