Xomanaiy Xoniyaning janoza namozini o‘qidi (video)

Olam

image

Bugun, 1 avgust kuni Eron Islom Respublikasi oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Tehron universitetida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya uchun janoza namozini ado etdi. Bu haqda “Mehr” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, janoza namozi ertalab soat 8:30 da boshlangan. Unda Eron xalqi, hukumat va harbiy amaldorlar ishtirok etgan.

Ismoil Xoniya ertaga, 2 avgust kuni Dohaga dafn etiladi.

Ma’lumot uchun, kecha, 31 iyul kuni HAMAS siyosiy idorasi rahbari Xoniya va uning qo‘riqchilaridan biri Tehrondagi qarorgohga qilingan hujumdan so‘ng halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkinligini yozgandi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ismoil Xoniyaning o‘limiga AQSHning aloqasi yo‘qligini aytdi. Pentagon rahbari Lloyd Ostin Isroil hujumga uchrasa, Qo‘shma Shtatlar unga o‘zini himoya qilishda yordam berishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

namoz janoza Xomanaiy Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing