Xolifild Trampning ko‘z o‘ngida nokautga uchradi

Sport

image

Bugun, 12 sentyabr kuni AQSHning Florida shtatida “Triller fight club” boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Kechaning asosiy jangida boks bo‘yicha sobiq mutlaq Jahon chempioni amerikalik Evander Xolifild UFC sobiq chempioni braziliyalik Vitor Belfortga qarshi bahs olib bordi va imkoniyatni boy berdi.

Jang boks qoidalari bo‘yicha tashkil etildi va Belfort birinchi raundda raqibini nokautga uchratganidan so‘ng, yakuniga yetdi. Ushbu vaziyatda braziliyalik sportchi raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Biroq “real deal” o‘rnidan turdi va bahsni davom ettirdi. Belfort oldinga borishdan to‘xtamadi. U Xolifildga bir nechta kuchli zarbalar yo‘lladi. Referi esa jangni muddatidan avval to‘xtatdi. 

Shu tariqa Evander Xolifild faoliyatidagi 11 mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 44 ta g‘alaba mavjud. Vitor Belfort 41 jang o‘tkazgan va ularning 26 tasida g‘alaba qozongan. U 18 marta raqiblari oldida ojiz qolgan.

Ma’lumot uchun, ushbu jangni AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp sharhlab bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Evander Xolifild Vitor Bel'fort

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing