Xoland transferi yo‘lida “Barsa” oldida muammo paydo bo‘ldi
Sport
−
14 fevral 2022
5451Frenki de Yong yozda “Barselona”dan ketmoqchi emas
“Barselona” jamoasi Erling Xolandni sotib olish uchun klubning eng asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Frenki De Yongdan voz kechadi, degan ma’lumot tarqalgandi.
Joan Laporta “Barselona” rahbarligiga kelishidan oldin, katalon klubi prezidenti bo‘lgan Xosep Bartomeuning noto‘g‘ri yuritgan transfer siyosati tufayli, “ko‘k anor ranglilar” 1 mlrd dollardan ortiq qarz bo‘lib qolgan. Shuning uchun, katalon klubida yangi transferlarga mablag‘ ko‘p emas. “Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Xoland esa o‘ta qimmat futbolchi hisoblanadi. Shu sababdan, “Barselona” Xolanddan quruq qolishi mumkin.
Frenki kataloniyadan ketmoqchi emas va yozda boshqa takliflarga e’tibor qaratmaydi. “Barselona” tarkibidagi eng qimmat futbolchilaridan birini sota olmas ekan, Xoland masalasi yanada qiyinlashadi.
Uning bunday qarorga kelishiga Xavining “Barselona” qaytishi va o‘yin saviyasining ko‘tarilishi sabab bo‘lishi mumkin. Buning isboti sifatida “ko‘k anor ranglilar”ning “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yinini misol qilib keltirish mumkin. Ko‘pchilik “matraschilar”ga qarshi bahsda “Barselona” yaxshi o‘yin ko‘rsatganini e’tirof etdi. De Yong shularni hisobga olgan holda, “Barselona”da qolishni yaxshi deb topgan bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Frenki de Yong La Ligada 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali uni 70 million yevroga baholamoda. Niderlandiyalik uchun 2019 yili “Barselona” Amestrdamning “Ayaks” klubi hisobiga 75 million yevro o‘tkazib bergan edi.
Ma’ruf Abdumalikov