Ronaldu Xolandga yetib oldi
Sport
−
12 dekabr 2023
3393“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2023 yildagi 50-golini urdi. 38 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Qirol kubogi chorak finalida “Ash-Shabab” darvozasiga to‘p kiritdi.
Shu tariqa, Ronaldu klub va terma jamoa safida 49 tadan gol urgan hujumchilar Harri Keyn va Kilian Mbappeni ortda qoldirib, Erling Xolandga (50 ta gol) yetib oldi.
“Al-Nasr” “Ash-Shabab”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi va turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. Endi jamoa keyingi bosqichda “Abha”ni mag‘lub etgan “Al-Xalaj” bilan o‘ynaydi.
Ma’lumot uchin, Ronaldu “Al-Nasr”da 2023 yilning yanvaridan buyon to‘p surmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Ronaldu klub safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi