Xoland Norvegiyaning mutlaq to‘purari bo‘lishga yaqin turibdi
Sport
−
06 iyun
2449Kecha, 5 iyun kuni Norvegiya terma jamoasi Kosova terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etgan Erling Xoland terma jamoadagi gollari sonini 30 taga yetkazib oldi. Futbolchi jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishi uchun 3 ta gol ursa kifoya.
Qayd etish joiz, hozirda Norvegiya termasi to‘purari Yorgen Yuvega tegishli bo‘lib, u 1928 yildan 1937 yilgacha jamoada o‘ynagan va 45 o‘yinda 33 ta gol urgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda norvegiyalik futbolchi “Manchester Siti” safida 45 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Xabibulloh Rayimov