Xoland Yevropa Chempionlar Ligasida ikkita rekord o‘rnatdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida Germaniyaning “Leypsig” jamoasini 7:0 hisobida mag‘lub etdi.

G‘oliblar safida norvegiyalik hujumchi Erling Xoland beshta, germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan va belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryuyne bittadan gol urdi. Xoland Yevropa Chempionlar ligasi tarixida pley-off o‘yinida beshta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Fransiyaning PSJ klubining argentinalik hujumchisi, Lionel Messi “Barselona” safida 2012 yilda Germaniyaning “Bayer” klubiga (7:1) qarshi o‘yinda beshta gol urgan edi. 

Xoland 22 yoshu 236 kunligida YeCHL tarixida 30 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Hozir uning hisobida 25 ta o‘yinda kiritilgan 33 ta gol bor. Bu borada norvegiyalik futbolchi PSJning yana bir hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Fransiyalik futbolchi 2021 yilning dekabrida 22 yoshu 352 kunligida 30 ta gol urib turnir rekordini o‘rnatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xoland Evropa Chempionlar Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing