Xoland sanoqli futbolchi qayd etgan natijaga erishdi

Sport

image

Kecha, 2 oktyabr kuni futbol bo‘yicha Angliya Premer ligasining  9-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Derbida “Siti” o‘z hamshaharini yirik 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Qayd etish kerakki, “shaharliklar” tarkibida Erling Xoland va Fil Foden xet-trikga erishgan bo‘lsa, “Yunayted”ning gollariga Antoni va Marsyal (dubl) mualliflik qilishdi.

Fransiyaning yetakchi nashrlaridan biri “L’Equipe” norvegiyalik futbolchining derbidagi harakatlarini  10 ball bilan baholangan. Ushbu ball maksimal bahodir. Gazeta tarixida bor-yo‘g‘i 13 nafar futbolchi eng yuqori ballni to‘plagan.

Ushbu ro‘yxatga Frank Soze (1988), Bryuno Martini (1988), Oleg Salenko (1994), Lars Vindfeld (1997), Lionel Messi (2010, 2012), Robert Levandovski (2013), Karlos Eduardo Alves (2014), Neymar (2018), Dushan Tadich (2019), Lukas Moura (2019), Serj Gnabri (2019), Kilian Mbappe (2021) va Alban Lafon (2022) kiradi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Erling Xoland “Siti” safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi. “Transfermakt” portali norvegiyalik hujumchini 150 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Erling Xoland

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made