Xoland nega “Siti”dan ketmoqchi?

Sport

image

“Manchester Siti” klubi va Norvegiya terma jaomasi hujumchisi Erling Xoland agar “shaharliklar” joriy mavsum yakuniga ko‘ra YeCHL yo‘llanmasiga ega chiqa olmasa, jamoadan ketadi. Bu haqda “Caughtoffside” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” klubi ustozi Pep Gvardiola ham norvegiyalik hujumchining jamoani tark etishiga qarshi emasligini bildirgan. Ammo murabbiy Xolandning o‘rniga munosib o‘rinbosar topish uchun vaqt kerakligi sababli ushbu transferni 2026 yil yozida amalga oshishini istamoqda.

Madridning “Real” klubi Xolandga jiddiy qiziqish bildirmoqda va yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. “Qirollik klubi” futbolchining transferi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. Bu esa jahon darajasidagi hujumchi uchun yetarli narx sifatida baholanyapti.

Shu tariqa, Xolandning kelajagi “Manchester Siti” Yevrpoa Chempionlar ligasiga yo‘l olishi yoki olmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar klub APLda kuchli beshlikka kira olmasa, futbolchining jamoadan ketish ehtimoli yuqori.

Xoland “Manchester Siti” safiga 2022 yilda kelib qo‘shigan. U klub tarkibida barcha musobaqalarda 94 ta o‘yinda maydonga tushib, 84 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2034 yilga qadar mo‘ljallangan. Xolandning narxi “Transfermarkt” portalida 200 million yevroga baholangan.

Ma’lumot o‘rnida, “shaharliklar” ayni damga kelib, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 48 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinni band etib kelmoqda. “Manchester Siti”dan bir pog‘ona yuqorida 49 ochko to‘plagan Londonning “Chelsi”si joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Pep Gvardiola Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing