Xoland APLni “yondirishda” davom etadi. “Siti” safarda “Vulz”ni yirik hisobda yengdi

Sport

image

Bugun, 17 sentyabr kuni futbol bo‘yicha Angliya Premer ligasining 7-turidan o‘rin olgan “Vulverxemton” hamda “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq “Man Siti” hujumga otlandi. Natijada, de Bryuynening super uzatmasidan keyin Jek Grilish hisobni ochdi. 16-daqiqaga kelib, ushbu mavsumda o‘zining o‘yini bilan APLda ajralib turgan Erling Xoland katta sahnaga chiqdi, 2:0.

Og‘ir zarbalarni qabul qilib olgan “bo‘rilar” o‘ziga kelishga qiynaldi. Aksiga olib, 33-daqiqada Natan Kollins maydondan chetlatildi. Natan Grilishga karate uslubidagi “ajoyib” zarbani yo‘lladi. Birinchi bo‘limda boshqa e’tiborga molik vaziyat bo‘lmadi.

Ikkinchi taym ham kutilganidek, “Siti” ustunligida boshlandi. Biroq bu safar tezkor gol kiritilmadi. 69-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda “shaharliklar”ning super iqtidorli futbolchisi Fil Foden hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Jamoalar qanchalik harakat qilmasin qolgan daqiqalarda tablodagi hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, “Manchester Siti” 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.

"Vulverxempton" – "Manchester Siti" 0:3.

“Vulverxempton” – Joze Sa, Kastro, Kollinz, Kilmen, Ait-Nuri (Semedu, 81), Moutinyu, Ruben Nevesh, Mateush Nunesh, Podense (Traore, 70), Gedesh (Xvan Xi Chxan, 70), Netu.

“Manchester Siti” – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Akandji, Joau Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Grilish, Foden, Xoland.


Maqola muallifi

Teglar

Erling Xoland "Manchester Siti"

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing