Xoland APLdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi
Sport
−
07 Oktabr 2022
3359Norvegiyalik futbolchi Erling Xoland “Manchester Siti” klubida haftasiga 865 ming funt sterling maosh oladi. Bu haqda “Daily Mail” nashri yozmoqda.
Norvegiyalik hujumchining haftalik asosiy belgilangan maoshiga oson erishiladigan, deyarli kafolatlangan bonuslar ham qo‘shiladi,
Shu tariqa, 22 yoshli hujumchi haftasiga jami 865 ming funt ishlab topadi. Bu narx Xolandni Angliya Premer ligasidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi.
Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”da haftasiga 375 ming funt maosh oladi. Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi maoshi esa 480 ming funtni tashkil qiladi. Ikkisining maoshi Xolandnikidan 2 barobarga kam.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Erling Xoland “Siti” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi. “Transfermarkt” portali norvegiyalik hujumchini 150 million yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi