Xokkeyning Ronaldusi abadiy deb qaralgan rekordni yangiladi

Sport

image

Xokkey bo‘yicha AQSHning “Vashington Kepitalz” klubi vakili Aleksandr Ovechkin 895-shaybasini raqib darvozasiga yo‘llagan holda xokkey tarixidagi eng ko‘p gol urgan xokkeychiga aylandi. 

Rossiyalik xokkeychi kecha, 7 aprel kuni AQSH milliy xokkey ligasi doirasida “Chikago”ga qarshi o‘yinning ikkinchi choragi 12 daqiqasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi va xokkey afsonasi Ueyn Gretskiyning rekordini yangiladi. Gretskiy faoliyati davomida 894 ta shayba kiritgan edi.

39 yoshli Ovechkin joriy mavsum MXLda 61 ta o‘yinda tushib, 42 shayba gol va 27 ta assist amalga oshirib, umumiy 69 ochko ishlashga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xokkey Vashington Kepitalz Aleksandr Ovechkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing