Xalqaro xokkey federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
Sport
−
25 Sentabr 2021
2398Bugun, 25 sentyabr kuni Xalqaro xokkey federatsiyasining yangi prezidenti saylandi. Fransiyalik Lyuk Tardiff 63 foiz ovoz bilan birinchi, germaniyalik Frans Reindl 37 foiz natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish marosimi federatsiyaning Sankt-Peterburgda o‘tgan kongressi doirasida bo‘lib o‘tdi. Hammasi bo‘lib, IIHF (Xalqaro xokkey federatsiyasi) Kongressi delegatlari 105 ovozga ega bo‘ldi. Rossiya va Kanada kabi yirik xokkey mamlakatlariga ikkita ovoz berish imkoniyati taqdim etildi. IIHF prezidentlik saylovida ovoz beruvchilarning yarmidan ko‘pi tasdiqlagan nomzod g‘alaba qozonadi.
Shuningdek, nomzodlar orasida, belaruslik Sergey Goncharov, chexiyalik Pyotr Biza va daniyalik Xenrik Nilsen bor edi.
Ma’lumot uchun, bunga qadar federatsiyani 1994 yildan beri 71 yoshli shveysariyalik Rene Fazel boshqarib kelayotgan edi.