Koronavirus sabab “Yokerit” MXLda ishtirok etishdan bosh tortdi

Sport

image

Milliy xokkey ligasida (MXL) ishtirok etuvchi Finlyandiyaning “Yokerit” jamoasi koronavirus pandemiyasi sabab musobaqaning pley-off bosqichida ishtirok etishdan bosh tortdi.

Kubokning ikkinchi davra seriyasida Gagarina SKA — “Yokerit” jamoalari o‘rtasidagi bahs joriy yilning 17 mart kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Finlyandiya hukumati 500 dan ortiq odam ishtirokidagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni taqiqlagan edi.

Avvaliga, “Yokerit” jamoasi musobaqadagi o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkazilishini xabar qilgandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, koronavirus xavfli tus olgani sabab, jamoa turnirda ishtirok etishdan bosh tortdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Finlyandiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 155 kishiga yetdi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirga qadar 149 596 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5604 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 73 716 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus MXL Xokkey

Baholaganlar

17

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing