XOQ prezidenti ukrainalik sportchilarga murojaat qildi

Sport

image
0:00
0:00
download

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Rossiyaning xalqaro turnirlarda ishtirok etishi mumkinligi va ukrainalik sportchilarning bo‘lajak Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki haqida gapirdi. Bu haqda “France 24” nashri xabar berdi.

“Bizning vazifamiz odamlarni birlashtirish. Davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik va keskinlashuvning kuchayishiga hissa qo‘shmasdan, sportning birlashish missiyasiga adolatli yechim topishga harakat qilyapmiz. Insoniy nuqtai nazardan, har bir ukrainalik sportchining munosabatini tushunib turibmiz. Ularning dardlariga sherikmiz. Ukraina Olimpiya hamjamiyatining 3000 a’zosini Parijda 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi Bax.

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari Parijda 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Parijdagi yirik sport anjumanida o‘tkaziladigan musobaqa tarixdagi 33-Olimpiada hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

XOQ Tomas Bax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing