Xodimlar maoshi uchun kreditlar ajratiladimi? So‘z Markaziy bank raisiga

Jamiyat

Koronavirus COVID-19 pandemiyasi ortidan kelgan inqiroz vaqtida tadbirkorlik sub’ektlarining xodimlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar berilmaydi. Lekin davlat ajratayotgan 30 trillion so‘m revolver kreditdan biznes vakillari olishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov davletovuz’ ga bergan intervyusida aytib aytib o‘tgan. 

“Prezidentimizga shoshma-shosharlik bilan, populizm uchun 20ta taklif berish kerak emas. Har qaysisini o‘z o‘rnida, ertaga natijadorligini qilib, ijro mexanizmini tayyorlab, so‘ngra ketma-ket bosqichda amalga oshirishni oldimizga maqsad qilib qo‘ygan. 

Xuddi shu tartibda uchinchi yo‘nalishda, ya’ni majburiy mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarga moddiy yordam berish masalasi ko‘zda tutildi. Biz bu masalada ko‘p o‘ylandik. Kredit mexanizmi Rossiyada va boshqa davlatlarda qo‘llanildi. Kredit mexanizmini ishlatishimiz birmuncha qiyin. Rossiyada 0 foizda berilgan kreditlarning 75 foizi Rossiya ko‘lami uchun juda kichik deyish mumkin. Chunki biznes uni olmayman desa, majburlab bera olmaymiz. 0 foizda bo‘ladimi yoki davlat kafolatlaydi degan shartlar bo‘ladimi, bu biznes. Tadbirkorlik sub’ekti uni olib o‘zining ishchilariga berishi kerak. 

Hukumatning iqtisodiy blokida tayyorlayotgan takliflarimizda o‘shani biznesga og‘irligi tushmaydigan qilib yetkazishdir. Ya’ni, buni kredit yuki biznesga tushmaydi. Bu davlat tomonidan majburiy tarzda mehnat faoliyatini to‘xtatgan xalqimizga moddiy yordam qilishdir. Biz bevosita xodimlaringga oylik ber deb kredit berishdan yiroqmiz. 30 trillion so‘m revolver kreditlardan bemalol ish haqi to‘lash uchun kredit olib, 5 foizlik tadbirkorlikni kafolatlash fondidan imtiyozdan ham foydalanish mumkin”, deydi Markaziy bank raisi. 

Avvalroq, banklar 2-3 yildan keyin samara beruvchi invest loyihalarga mo‘ljallangan mablag‘larni revolver, ya’ni ishlab turgan tadbirkorlik sub’ektlarining uzluksizligini ta’minlashga yo‘naltirilishi haqida xabar bergan edik.
 


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz Markaziy bank kredit Mamarizo Nurmuratov

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing