Xizmat ko‘rsatish sohasiga 1 trln so‘mdan ziyod kredit ajratiladi – Prezident qarori
Jamiyat
−
16 iyun 2020
6696O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSH dollari ekvivalentida (1 trln so‘mdan ziyod – tahr.) kredit ajratiladi.
Kredit tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi.
Kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarga, ayniqsa maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi.
Kredit mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.
Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari bo‘yicha “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15