Xivadagi xonadonda yirik yong‘in bo‘ldi

Jamiyat

image

2019 yilning 2 sentyabr kuni soat 03:28 da Xiva tumani “Varangzon” mahallasi Mevazor ko‘chasi 34-uyda yong‘in bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish  bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 03:41da yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 15 kilometr) vaqtda uyning tomi va ichki qismi quyuq tutun aralash ochiq alanga bilan yonayotgani ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:53 da qurshab olinib, soat 04:45 da o‘chirilgan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida uyning 200 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 280 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Xiva xonadon

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing