Xivada 36 yoshli ayol va uning chaqalog‘i tug‘ruq vaqtida vafot etdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Ichim zil ketgan. Bir tarsaki tushirsalar yaxshi bo‘lardi – Allamjonov onasining og‘ir gapini esladi north_east

Ichim zil ketgan. Bir tarsaki tushirsalar yaxshi bo‘lardi – Allamjonov onasining og‘ir gapini esladi

Toshkentda 10 yoshli bolani zo‘rlashda gumon qilinayotgan taksi haydovchisi ushlandi north_east

Toshkentda 10 yoshli bolani zo‘rlashda gumon qilinayotgan taksi haydovchisi ushlandi

Xorazm viloyati Xiva shahrida joriy yilning 3 fevral kuni D.M. Xiva tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli akusherlik kompleksida kesarcha kesish amaliyoti vaqtida vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, shahar Ichki ishlar boshqarmasi navbatchilik qismiga soat 22:03 atrofida “Mevaston” mahallasi, K.Devoniy ko‘chasida yashovchi 36 yoshli ayol D.M. kesarcha kesish amaliyotida vafot etgani haqida xabar berilgan. Aniqlanishicha, D.M. 2 fevral kuni soat 11:40 atrofida Xiva tez tibbiy bo‘limiga qarashli akusherlik kompleksiga 4-homiladorlik, 4-tug‘ish, GR-40 hafta 6 kun, soxta tug‘ruq tashxisi bilan qabul qilingan.

Ta’kidlanishicha, bemor D.M.ga 3 fevral kuni soat 10:30 atrofida tug‘ruq chaqiruvchi maxsus dori qo‘llangan. Shundan so‘ng, 18:05 atrofida bemorda tug‘ruq faoliyati boshlangan, ushbu vaqtda unga homiladorlik IV, 40 hafta 6 kun, tug‘ruq IV tug‘ruqqacha qog‘onoq pardasining yorilishi, tug‘ruqning birinchi davri tashxisi qo‘yilgan. Muntazam tug‘ruq faoliyati boshlanganidan so‘ng, 20 daqiqa o‘tgach bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan. Butun badanida og‘riq bo‘layotganligi, havo yetishmasligi, ko‘z oldi xiralashganligidan shikoyat qilgan.

Aniqlanishicha, ayol karaxt ahvolda savollarga aniq javob bermagan, pulsi 1 daqiqada 110 zarba, arterial qon bosimi 80/40 millimetr simob ustuniga teng bo‘lgan, bachadon tonusi oshgan, homilada yurak urishi aniqlanmagan. Shu kuni soat 19:10 da bemor D.M.da kesarcha kesish amaliyoti boshlangan, soat 19:13 da o‘g‘il jinsli chaqaloq o‘lik holda olingan.

Chaqaloqning vazni 4 kilogramm 180 gramm, uzunligi 53 santimetr bo‘lgan. Shundan so‘ng soat 19:25 da bemorda klinik o‘lim sodir bo‘lgani sababli kesarcha kesish amaliyoti vaqtincha to‘xtatilgan va 20:40 da amaliyot qayta davom ettirilgan.

Bemorga yuritilgan 428/51-sonli tibbiy bayonga ko‘ra, D.M.da soat 22:40 da biologik o‘lim qayd etilgan. O‘limdan keyingi tashxisda bachadon ekstirpatsiyasidan keyingi holat, yurak-qon tomir yetishmovchiligi II, III darajasi, qon aylanishining buzilishi II, III darajasi qayd etilgan.

Bundan tashqari, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Xorazm filiali tomonidan sud-tibbiy va komissiyaviy sud-tibbiy ekspertizalari o‘tkazilgan. Unda 5-sonli sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, D.M. o‘limiga bachadon bo‘yin orqa devori yirtilishi, kesarcha kesish amaliyotidan keyingi holat, bachadondan qon ketishi (postgemoragik shok) oqibatidagi o‘tkir yurak va qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Ushbu o‘lim sababi sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Xorazm filialining 2021 yil 2 martdagi 108-sonli komissiyaviy sud-tibbiy ekspertiza xulosasi bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Avvalroq, Toshkentdagi tug‘uruqxonalarning 14 nafar mansabdorlari chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagani uchun jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Xiva tug'ruq

Baholaganlar

702

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing