Toshkentda 10 yoshli bolani zo‘rlashda gumon qilinayotgan taksi haydovchisi ushlandi
3-sahifa
−
09 Mart 2021 18928 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, 28 fevral kuni Fuqaro B.J. 11 yoshli o‘g‘li Chilonzor tumanidagi uyidan amakisining uyiga borish uchun qora rangli Nexia-3 rusumli taksiga chiqqani, haydovchi esa unga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etganini aytib, Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limiga murojaat qilgan edi.
Shundan so‘ng, taksi haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor qidirilayotgani xabar qilindi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, gumondor 47 yoshli G‘.D. ekanligi ma’lum bo‘ldi.
“Hozirgi kunda u ushlangan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan ayb e’lon qilinib, sud tomonidan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr