“Xiva – Turk dunyosining madaniy poytaxti” logotipi taqdim etildi

Jamiyat

image

Avvalroq, xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – Turksoy doimiy kengashining 37-majlisida 2020 yilda Xiva shahri “Turk dunyosining madaniy poytaxti”, deb e’lon qilingani haqida xabar bergan edik. 

2020 yilda Xiva shahri “Turk dunyosining madaniiy poytaxti” logotipi tasdiqlandi. Bu haqida Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

Turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri har yili Turkiy dunyo madaniyat poytaxti sifatida tanlab olinadi. Xiva shahriga bu maqomni berish taklifi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil sentyabr oyida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VI sammitida o‘rtaga tashlangan edi.

Mazkur maqom Turksoy xalqaro madaniyati tashkiloti tomonidan beriladi. Tashkilot Ozarboyjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Turkmaniston ishtirokida 1993 yil 12 iyul kuni tashkil topgan. Hozirgi kunda ushbu tashkilotga 13 ta mamlakat a’zo. Uning bosh qarorgohi esa Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xiva

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing