Nemis menoniti Xiva muzeyiga qadimiy sandiqni topshirdi (video)
Jamiyat
−
30 avgust 2019 7311 1 daqiqa
84 yoshli Margarita Sыganova (Unru) buvisidan meros qolgan 215 yillik sandiqni Xivadagi Ichan-Qal’a Davlat muzey-qo‘riqxonasidagi “Menonitlar tarixi” muzeyiga topshirdi. 1804 yilda Ukrainada ishlangan va XIX asrning o‘rtalarida nemis menonitlari tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan sandiq shu paytgacha Toshkentdagi xonadonlardan birida saqlangan.

Shuningdek, u muzeyga oilaviy arxivga tegishli turli davrlardagi fotosuratlar hamda hujjatlarni taqdim qildi. Kelib chiqishi gollandiyalik nemis bo‘lgan Margarita Sыganova (Unru) Sovet Ittifoqi tarqalgach, 1991 yilda O‘zbekistondan doimiy yashash uchun Germaniyaga ko‘chib o‘tgan.

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr