Xitoylik olim SARS-CoV-2 dan ham xavfliroq 1,5 mingga yaqin koronavirus aniqlagan

Salomatlik

image

Koronaviruslarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi xitoylik virusolog Shi Chjenli ko‘rshapalaklar organizmida 1,5 mingga yaqin turdagi koronaviruslarni aniqlagan. Bu haqda Sputnik nashri xabar bermoqda.

Shifokorning kelajakda noma’lum infeksiyalar tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Uning ta’kidlashicha, koronavirus bu hali aysbergning ko‘rinayotgan tomoni xalos.

“Insoniyat tomonidan aniqlangan viruslar “aysberg uchidir“, deydi CGTN telekanaliga bergan intervyusida Uxan virusologiya instituti rahbari o‘rinbosari Shi Chjenli.

Olim ayol davlatlarni virusga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikka da’vat qildi. Olimning fikricha, bu singari tadqiqotlar shaffoflikni talab etadi, bugungi kunda ilm-fanning siyosiylashtirilgani esa g‘oyat achinarli holdir.

“Agar kelgusi infeksiya kasalliklaridan insonlar aziyat chekmasin, desak u holda yovvoyi jonivorlar tomonidan tashiladigan noma’lum viruslar to‘g‘risida oldindan bilimga ega bo‘lishimiz kerak. Faqat shu yo‘l bilan ularning tarqalishining oldini olish mumkin“, deydi shifokor.

Shi Chjenli

Shi Chjenli ko‘rshapalaklar ustida o‘tkazadigan ilmiy tadqiqotlari bilan mashhur. U o‘z ish faoliyati davomida bu jonivorlar organizmida 1,5 mingga yaqin turdagi koronaviruslarni aniqlagan. Uning aytishicha, bu infeksiyalarning bir qismi kelajakda yangi pandemiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.

“Agar ularni o‘rganmasak, yana bitta pandemiya yuz berishi ehtimoli bor“, deya taxmin qilgan Shi Chjenli.

Avvalroq, Hindistonlik olimlar ikki turdagi ko‘rshapalakda yangi BtCoV koronavirusini aniqlagan edilar.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 5 518 905 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 2 253 651 nafari sog‘aygan, 346 700 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ko'rshapalak

Baholaganlar

377

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing